MENYU ру home

+998 (71) 150-89-56

23-09-2017
Olish Sotish MB kursi
USD 3230 3239 3176.16
EUR 3464 3514 3450.86
GBR 3989 4046 3973.38

Xizmatlar

Internet-banking


Internet banking — bu Ipoteka-bankning korporativ mijozlariga Internet tarmog‘idan foydalanib hisobraqamni masofadan boshqarish uchun to‘liq ko‘lamdagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi dasturiy majmuadir.

Tizim yuridik shaxslarning, jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda kompaniyalarning hisobvaraqlarini masofadan boshqarish uchun mo‘ljallangan.

Bank–mijoz


Bank-Mijoz – bu Mijozlarga o‘zlarining moliyaviy pul oqimlarini tezkor tarzda boshqarishga imkon beruvchi elektron hisob-kitoblar tizimidir. Unda elektron raqamli imzo texnologiyasidan foydalangan holda ma’lumotlarni kodlashtirishning xalqaro standartlari qo‘llanilgan, bu esa yuborayotgan ma’lumotlarning samarali himoya qilinishini ta’minlaydi. Mijoz tomonidan hujjatlarni uzatish va olish bevosita modemli aloqadan foydalanish orqali amalga oshiriladi.

SMS xabarchi


SMS xabarchi Ipoteka-bank SMS xabarchi xizmatini taklif qiladi. Bu Sizning biznesingiz uchun SMS-bildirishnomadir. Xizmat Sizga pul mablag‘larining hisobraqamga tushganligi va hisobrakamdan hisobdan chiqarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkor tarzda olishingizga imkon beradi. Amalga oshirilgan amaliyotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar SMS-bildirishnomalar ko‘rinishida uyali telefoningizga kelib tushadi.