MENYU ру home

+998 (71) 150-89-56

22-07-2017
Olish Sotish MB kursi
USD 4053 4094 4014.50
EUR 4589 4656 4568.90
GBR 5201 5276 5176.70

Fuqarolarga biznes ochish uchun kreditlar to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi

5-01-2017

Bank xodimlari fuqarolarning uylariga borgan holda ularga biznes ochish uchun kreditlar taklif etadi.

Tijorat banklari yil davomida “Fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish” kompleks choralari bo‘yicha choralarni amalga oshiradi.

Aholini tadbirkorlikka jalb etish uchun banklar filiallarining mutasaddi xodimlari fuqarolarning uylariga tashrif buyuradi. Mutaxassislar xususiy biznes ochish uchun kreditlar ajratish, ularni olish shartlari va boshqalar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etishadi.

Kredit olishga qiziqish bildirgan fuqarolarga namunaviy loyihalar, hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha maslahatlar berilib, qisqa muddatlarga mablag‘lar taqdim etiladi.

Banklar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kreditlar ajratadi:

  • chorvachilik;
  • parrandachilik;
  • asalarichilik;
  • quyonlarni ko‘paytirish;
  • qishloq xo‘jaligiga oid ishlab chiqarish, bog‘dorchilik va uzumchilik;
  • issiqxonalar qurish;
  • baliqchilik;
  • kichik biznes uchun mini sexlar;
  • uyda qilinadigan ishlar;
  • hunarmandchilik;
  • sartaroshxona xizmatlari;
  • tekstil va tikuv-trikotaj faoliyati;
  • oyoq kiyimlarini ta’mirlash;
  • umumiy ovqatlanish;
  • xo‘jalik texnikalarini ta’mirlash;
  • go‘zallik saloni;
  • aholiga transport xizmatlarini ko‘rsatish;
  • avtomobil transportiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash;
  • avtobillarni yuvish;
  • kompyuter xizmatlarini ko‘rsatish;
  • savdo;
  • nonvoychilik;
  • qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlari.