MENYU ру home

+998 (71) 150-89-56

16-01-2017
Olish Sotish MB kursi
USD 3230 3239 3176.16
EUR 3464 3514 3450.86
GBR 3989 4046 3973.38

Horijiy valyutadan foydalanish muddati uzaytirildi

28-12-2016

Tuzatishlar bilan mijozlarning talabnomalari bo'yicha vakolatli banklar tomonidan sotib olingan xorijiy valyutadan foydalanish muddati 7 ish kunidan 15 ish kunigacha uzaytirildi, shundan keyin u so'zsiz qayta sotilishi kerak

Xuddi shunday o'zgartirishlar Vazirlar Mahkamasining 21.12.2016 yildagi 409-son qaroriga binoan quyidagi hujjatlarga kiritildi:

  • Vazirlar Mahkamasining 29.06.2000 yildagi 245 -son "Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori;
  • Birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish operatsiyalarini o'tkazish tartibi to'g'risidagi Nizom (10.07.2001 yildagi 294-son VMQ bilan tasdiqlangan).