MENYU ру home

+998 (71) 150-89-56

23-09-2017
Olish Sotish MB kursi
USD 3230 3239 3176.16
EUR 3464 3514 3450.86
GBR 3989 4046 3973.38

Новости

21-09-2017 O'zbekiston Prezidenti va Jahon banki Prezidenti hamkorlikning ustuvor yo'nalishlarini muhokama qildilar. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev joriy yilning 20 sentyabr kuni Nyu-York shahrida Jahonbanki Prezidenti Djim Yong Kim bilan uchrashdi.
18-09-2017 Markaziy bank va O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi banklararo chakana to‘lov tizimida mijozlarga xizmat ko‘rsatishda «so‘m» plastik kartochkalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda amaldagi tavsiyaviy tariflar rejasiga ayrim o‘zgarish va qo‘shimc O‘zbekiston Markaziy banki 19 sentyabrdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini belgiladi. AQSH dollari o‘tgan haftaga nisbatan 14,65 so‘mga arzonlab, 8092,13 so‘mdan 8077,48 so‘mga tushdi. Yevro kursi ham 72,52 so‘mga arzonlab, avvalgi 9718,65 so‘m o‘rniga 9646,13 so‘mni tashkil etdi. Rossiya rubli esa 0,99 so‘mga — 141,21 dan 140,22 ga arzonladi.
16-09-2017 Plastik kartochkalarni chiqarish va to‘lov terminallari ijarasi tariflari so‘mga o‘tkazildi. Markaziy bank va O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi banklararo chakana to‘lov tizimida mijozlarga xizmat ko‘rsatishda «so‘m» plastik kartochkalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda amaldagi tavsiyaviy tariflar rejasiga ayrim o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritdi.
15-09-2017 Pul-kredit siyosati maqsadlariga erishishning tamoyil va mexanizmlari inflyatsion targetlash rejimiga qayta yo‘naltiriladi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 sentyabr kuni «Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorini imzoladi. Hujjatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va aholi turmush darajasini oshirish uchun monetar siyosatning amaldagi vositalarini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurligi qayd etilgan
11-09-2017 Dollarning rasmiy kursi 7,87 so‘mga arzonlashdi O‘zbekiston Markaziy banki valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kursini o‘rnatdi. 12 sentyabrdan bir AQSH dollari avvalgi haftada belgilangandan 7,87 so‘mga arzonlab, 8092,13 so‘mni tashkil etdi. Yevro 73,17 so‘mga qimmatlashib, 9718,65 so‘mga, Rossiya rubli esa 1,30 so‘mga ko‘tarilib, 141,21 so‘mga yetdi.
4-09-2017 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining milliy valyutani chet el valyutasiga nisbatan kursini o‘rnatish to‘g‘risidagi axboroti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan valyuta bozorini yanada liberallashtirish sohasidagi davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri – milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini o‘rnatishda faqatgina bozor mexanizmlarini qo‘llashdan iboratdir.
3-09-2017 Prezident valyuta siyosatini liberallashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi 5 sentyabrdan O‘zbekiston yuridik shaxslari joriy xalqaro operatsiyalar (import tovarlar, ishlar va xizmatlar, daromadlarni repatriatsiya qilish, kreditlarni qoplash, xizmat safarlari xarajatlarini to‘lash va boshqa savdo xususiyatiga ega bo‘lmagan pul o‘tkazmalari) bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun tijorat banklaridan xorijiy valyutalarni cheklovlarsiz xarid qilishlari mumkin. Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2 sentyabrdagi «Valyuta siyosatini erkinlashtirish bo‘yicha dastlabki choralar to‘g‘risida"gi farmonida ko‘zda tutilgan.
20-08-2017 Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tashkil etildi Vazirlar Mahkamasi huzurida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tashkil etildi. O‘zbekiston Prezidenti 17 avgust kuni tegishli qarorni imzoladi.
2-08-2017 Vaqtingiz tejaladi! «Internet bank» yoki «Mobil bank» xizmatlaridan foydalanuvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun korporativ kartalariga mablag'larni o'tkazish tizimi soddalashtirildi