MENYU ру home

+998 (71) 150-89-56

16-01-2017
Olish Sotish MB kursi
USD 3230 3239 3176.16
EUR 3464 3514 3450.86
GBR 3989 4046 3973.38

Bank–mijoz

Bank-Mijoz – bu Mijozlarga o‘zlarining moliyaviy pul oqimlarini tezkor tarzda boshqarishga imkon beruvchi elektron hisob-kitoblar tizimidir. Unda elektron raqamli imzo texnologiyasidan foydalangan holda ma’lumotlarni kodlashtirishning xalqaro standartlari qo‘llanilgan, bu esa yuborayotgan ma’lumotlarning samarali himoya qilinishini ta’minlaydi. Mijoz tomonidan hujjatlarni uzatish va olish bevosita modemli aloqadan foydalanish orqali amalga oshiriladi.

Tizimni o‘rnatish uchun Ipoteka-bank bilan shartnoma tuzish zarur. Bank mutaxassislari mijozga Bank-Mijoz tizimining ishlashi, himoya vositalaridan foydalanilishi, ma’lumotlarni qabul qilish/uzatish va ularni qayta ishlash texnologiyasi masalalari bo‘yicha maslahat yordamini ko‘rsatadilar.

Xizmatga ulanish uchun arizani to‘ldirish va uni Bankka taqdim etish talab qilinadi.

Kompyuterga bo‘lgan talablar:

  • Pentium va undan yuqori;
  • Qattiq diskdagi 100 Mb dan kam bo‘lmagan hajmdagi bo‘sh joy;
  • 32 Mb dan kam bo‘lmagan hajmdagi tezkor xotira (64 Mb yoki undan ko‘proq bo‘lishi tavsiya qilinadi);
  • HAYES-kodlarni qo‘llab-quvvatlovchi yoki Internetga kirishga imkon beruvchi USB modemning mavjudligi;
  • Operatsion tizim: Windows 2000 Professional, Windows 2000 Server, Windows XP, Windows 2003 Server;
  • CD-ROM ning mavjudligi;
  • Barcha jihozlar texnik jihatdan yaroqli bo‘lishi kerak.

Kompyuterga va dasturiy ta’minotga bo‘lgan talablardan istalgan birortasi yoki bir nechtasining bajarilmasligi dasturiy ta’minotning kompyuteringizga o‘rnatib bo‘lmasligiga olib keladi.