MENYU ру home

+998 (71) 150-89-56

16-01-2017
Olish Sotish MB kursi
USD 3230 3239 3176.16
EUR 3464 3514 3450.86
GBR 3989 4046 3973.38

Xizmatlar

Depozit sertifikatlari


Depozit sertifikatlari - bankka qo‘yilgan omonat summasini va omonatchining omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi qimmatli qog‘oz;

Ipoteka-Bank jismoniy shaxslar uchun milliy valyutadagi nominal, ismi ko‘rsatiladigan depozit sertifikatlarini taklif etadi.

SMS xabarchi


Ipoteka-bankning milliy valyutadagi muddatli omonatlariga joylashtirgan mablag‘ingiz to‘g‘risida har oy yakunida ma’lumot olmoqchi bo‘lsangiz Sizda SMS-xabarchi xizmatiga ulanish uchun yaxshi imkoniyat bor. Buning uchun omonatga mablag‘izni qo‘yayotganingizda bank xodimiga mobil telefon raqamingizni aytsangiz kifoya, sizning mobil telefongizga har oy yakunida mablag‘ingiz rasmiylashtirilgan omonatingiz to‘g‘risida bepul SMS-xabar keladi.

Bank seyflari


Moddiy boyliklarini uyingizning u yoki qandaydir joyda - ko‘rpa ichida, yostiq ostida yoki devordagi kartina ortiga yashirib saqlash, anchagina eskirib qolgan odatdir. Ipoteka-Bank sizga moddiy boyliklarni saqlash uchun qulayroq, ishonchliroq va xavfsizroq joy — individual bank seyflarini taklif qiladi.

Ushbu seyflarda pul, zargarlik buyumlari, hujjatlar, qimmatli qog‘ozlar, qimmatbaho ashyolar – bir so‘z bilan aytganda o‘zingiz uchun qadrli bo‘lgan va boshqalarning ko‘zidan uzoqroqqa yashirishni xohlaydigan istalgan narsani saqlash mumkin.

To‘lovlarni qabul qilish


Ipoteka-Bank aholidan turli to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha amaliyotlarni amalga oshiradi. Siz Ipoteka-bankda ochilgan hisobrakamlardan tulovlarni naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan, bevosita Respublikaning barcha mintaqalarida faoliyat olib borayotgan kassalar tarmog‘i orqali naqd pul shaklida hamda Ipoteka-bank plastik kartochkalari vositasida to‘lovlarni oson va tezkorlik bilan amalga oshirishingiz mumkin.