MENYU ру home

+998 (71) 150-89-56

28-02-2017
Olish Sotish MB kursi
USD 3230 3239 3176.16
EUR 3464 3514 3450.86
GBR 3989 4046 3973.38

Xalqaro pul o‘tkazmalari

Xalqaro pul o‘tkazmalari — jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini qisqa vaqt ichida butun dunyo bo‘ylab ko‘chirishga imkon beruvchi o‘ziga xos bank xizmati.

Agar sizda qandaydir mablag‘ni xorijdagi do‘stlaringiz yoki qarindoshlaringizga yuborish zarurati tug‘ilib qolsa, Ipoteka-bank sizga xalqaro pul o‘tkazmalari tizimidan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Sizning pullaringiz sanoqli daqiqalar ichida jo‘natiladi.

Ipoteka-bank MDH davlatlari va uzoq xorij mamlakatlari bo‘yicha pul o‘tkazmalari tizimlarining keng tanlovini taklif qiladi.

O’tkazmalarni Ipoteka-bankning pul o‘tkazmalari shahobchalaridan birortasida amalga oshirish mumkin. O’tkazmani jo‘natish yoki olish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etilishi lozim.

O’tkazmani olishda yana nazorat raqami, o‘tkazma summasi hamda jo‘natuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va jo‘natilgan mamlakatni ham bilish zarur.

Western Union


Sizda naqd pullarni xorijdagi do‘stlaringiz yoki tanishlaringizga tezkor o‘tkazish zaruriyati vujudga keldimi? Yoki, aksincha, sizning o‘zingiz begona mamlakatda bo‘lgan holda pulga muxtojlikni sezdingizmi? Ipoteka-bank Sizga bunday muammolarni hal qilishning tez va ishonchli usulini — Western Union pul o‘tkazmalarini taklif qiladi.

BLIZKO


BLIZKO – «Связьбанк» YOAJ mahsuloti hisoblanib, unda hisobraqam ochmay turib pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin.

BLIZKO pul o‘tkazmalarining afzalliklari: tezlik (1 daqiqa), xavfsizlik (axborotni himoya qilishning ilg‘or texnologiyalari kullaniladi), arzonligi (vositachilik haqi o‘tkazilgan summasining 2% dan boshlab), qulaylik (bank rekvizitlarisiz rasmiylashtiriladi).

Unistream


Unistream tizimi – bu Rossiya, MDH davlatlari va butun dunyo bo‘ylab pul o‘tkazmalaridir. Unistream xalqaro pul o‘tkazmalari tizimining 90 ga yaqin mamlakatdagi 22000 dan ortiq xizmat ko‘rsatish shahobchalari orqali dunyoga pul mablag‘larini jo‘natish va olish imkoniyatini beradi.

Bistraya Pochta


«Bistraya Pochta» — bu Rossiya, Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Moldova, O’zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi ekspress-o‘tkazmalar tizimidir. O’tkazmalar AQSh dollarida amalga oshiriladi. Bistraya Pochta tizimi mijozlarga ishonchlilik, tezlik, qulaylikni kafolatlaydi va pul o‘tkazmasini tezda jo‘natish yoki olish uchun zarur bo‘lganlarga mo‘ljallangan.

Lider


LIDER xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi o‘z qarindoshlaringiz va yaqinlaringizga pul jo‘natish bo‘yicha xizmatlarni taklif etadi. Kompaniya ushbu bozorda 2003 yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Hozirga kunga kelib Rossiyaning yetakchi pul o‘tkazmalari tizimlaridan biri hisoblanadi.

Zolotaya Korona


Zolotaya Korona hisobraqam ochmasdan turib lahzalik manzilsiz pul o‘tkazmalari tizimi – bu Abxaziya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, O’zbekiston, Ukraina, Turkiya va Xitoy mamlakatlarida joylashgan 34 000 dan ortiq xizmat ko‘rsatish shahobchalaridir.

Money Gram


Bu bir jismoniy shaxs tomonidan boshqa jismoniy shaxs foydasiga hisobrakam ochmagan holda amalga oshiriladigan AQSh dollaridagi pul mablag‘lari o‘tkazmasidir.