MENYU ру home

+998 (71) 150-89-56

28-02-2017
Olish Sotish MB kursi
USD 3230 3239 3176.16
EUR 3464 3514 3450.86
GBR 3989 4046 3973.38

Hisob-kitob-kassa xizmatlarini ko'rsatish

Ipoteka-bank hisob-kitob-kassa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha bir qator xizmatlarni taklif etadi. Siz bizning bankda turli valyutada hisobraqam ochishingiz va u orqali naqd pulsiz amaliyotlarni amalga oshirishingiz mumkin. Bizning bankda hisob-kitob-kassa xizmatlarini amalga oshirish – ishonchli, tez va qulay bo‘lib, bank tomonidan qo‘llaniladigan zamonaviy dasturiy ta’minot to‘lovning tezligi va havflizligini ta’minlaydi.

poteka-bank tomonidan kompleks hisob-kitob xizmatlarini ko‘rsatish – bu kundalik biznes faoliyatingizdagi maqbul yechimdir.

Hisobraqam ochish va yuritish


Ipoteka-bank tadbirkor-rezidentlar va norezidentlar uchun hisobraqamlarni milliy valyuta, AQSh dollari va Yevroda ochadi va yuritadi. Ochilayotgan hisobraqamlarning soni cheklanmagan, shu bilan birga ikkinchi va keyingi hisobraqamlar ochishda mijoz bankka xujjatlarni taqdim etishi yetarli.

Hisobraqamni ochish jarayoni xujjatlarning to‘liq jildi taqdim etilgan vaqtdan boshlab uch bank ish kunidan ko‘p bo‘lmagan vaqtni oladi. Hisob-kitob hisobraqamini ochishda Ipoteka-bank xodimi mijozning hohishi bo‘yicha mijozning hisobraqamini ochishi uchun zarur bo‘lgan xujjatlar nusxalarini tayyorlashi hamda imzolarning va muhr namunasi ko‘rsatilgan kartochkani rasmiylashtirishi mumkin.

Hisobraqamni ochish uchun Ipoteka-bankka korxonangizning tashkiliy-huquqiy shakliga muvofiq holda xujjatlarni taqdim etish zarur.

Milliy va xorijiy valyutadagi o‘tkazmalar


Milliy valyutadagi o‘tkazmalar Ipoteka-bank tomonidan O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining elektron hisob-kitoblar tizimi orqali amalga oshiriladi, bu esa mijozlarning to‘lov topshiriqnomalarini ulardan olingan kunning o‘zida ijro etish imkoniyatini beradi.

Xorijiy valyutadagi o‘tkazmalar Ipoteka-bankning yirik xorijiy banklarda ochilgan vakillik hisobraqamlari tarmog‘i orqali amalga oshiriladi, shu bilan birga Ipoteka-bank joriy amaliyotlar kunidagi shoshilinch o‘tkazmalarni AQSh dollari, Yevro va boshqa xorijiy valyutalarda amalga oshiradi.

Pul mablag‘larini (milliy va xorijiy valyutadagi) yuridik shaxslarning hisobvaraqlarida hisobga olish Ipoteka-bank tomonidan ular kelib tushgan kuni hamda bepul tarzda amalga oshiriladi.