MENYU ру home

+998 (71) 150-89-56

30-04-2017
Olish Sotish MB kursi
USD 3230 3239 3176.16
EUR 3464 3514 3450.86
GBR 3989 4046 3973.38

Lizing

Lizing – bu biznesga sarmoyalar kiritishning qulay shakli. Lizing evaziga sotib olingan ob’ektdan bir yula foydalanib, ob’ekt sotib olingan mablag‘ni ma’lum muddatda qaytarish sharti bilan mavjud biznesni kengaytirish, modernizatsiya qilish yoki faoliyatning yangi yo‘nalishini ochish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskuna, texnika yoki avtotransportni sotib olish mumkin.

Biz avtotransportdan boshlab ko‘chmas mulkgacha, asbob-uskunadan to maxsus texnikagacha bo‘lgan turli lizing mahsulotlarini qulay shartlar asosida taklif qilamiz. Lizing xizmatlari bankning barcha filiallari tomonidan ko‘rsatiladi. Mijozlarga lizing xizmatlari ularning asosiy depozit hisobraqamlari ochilgan bank filiallarida amalga oshiriladi. Lizing bitimlarini amalga oshirish uchun Bank tomonidan belgilab berilgan standart shartlar doirasidan chiquvchi yirik investitsiya loyihalarida faol ishtirok etishga tayyor.

Moliyalashtirish variantlarini tanlashda lizing bir qator afzalliklarga ega:

  • Lizing ob’ekti lizing oluvchining balansida hisobga olinadi va shu tufayli lizing ob’ekti mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi;
  • Lizing ob’ektini tezlashtirilgan holda amortizatsiya qilishni qo‘llash imkoniyati mavjud;
  • Lizing shartlari ostida O’zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan texnologik jihozlar davlat bojlari va QQS to‘lashdan ozod qilinadi.

Qarzdorlarga bo‘lgan asosiy talablar:

  • Loyihani moliyalashtirishni boshlash vaqtida ro‘yxatga olinganlik, ruxsat berilganlik kabilar to‘g‘risidagi kerakli hujjatlarning mavjud bo‘lishi bilan birga lizing oluvchining ma’lum yuridik maqomi.
  • Lizing oluvchilar sifatida O’zbekiston Respublikasining rezidenti maqomiga va o‘z faoliyatlaridan tijoriy daromadga ega bo‘lgan yuridik shaxslar bo‘lishlari mumkin.
  • Moliyalashtirilayotgan loyihaning bashorat qilinayotgan pul oqimi va lizing oluvchida mavjud bo‘lgan pul oqimi lizing muddati davomida lizing to‘lovlarini o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini ta’minlashi kerak.
  • Moliyalashtirilayotgan loyihani boshqa tarkibiy komponentlar (xom-ashyo, aylanma mablag, malakali xodimlar, maxsulotni sotish bozorlari va boshq.) bilan ta’minlash bo‘yicha mexanizmlar yoki aniq rejalarning mavjudligi.