MENYU ру home

+998 (71) 150-89-56

19-03-2019
Olish Sotish MB kursi
USD 8350 8420 8374.10
EUR 8600 9500 9410.81
GBR 9600 11100 10898.89

Bank kafolatlari

Bank kafolati — bank (kafil) boshqa shaxs (printsipal)ning buyurtmasiga ko‘ra kafil o‘z zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq printsipalning kreditori (benefitsiar) pul summasini to‘lash haqida yozma talabnoma taqdim etsa, pulni unga to‘lash haqida printsipalga beradigan yozma majburiyat (kafolat).

Bank xizmatlarining ushbu turi mijozning kontragentlar va boshqa banklar oldidagi majburiyatlarining bajarilishini kafolatlaydi.

Bank kafolati 1 yilgacha bo‘lgan muddatga taqdim etiladi.

Kafolatlarni berishda mijoz bilan shartnoma tuziladi, unda bank kafolatini berish tartibi, uning shartlari, to‘lov shartlari va tomonlarning o‘zaro majburiyatlari ko‘rsatib o‘tiladi. Ayrim hollarda ushbu shartnoma kredit shartnomasiga o‘xshab ta’minotni talab qiladi.

Bank kafolatini olish uchun mijoz bankka kredit olish uchun o‘rnatilgan ro‘yxatga ko‘ra hujjatlarni taqdim etadi.

Kafolatlar va kafilliklar berish mijozlar bilan tuzilgan tegishli shartnomalar bilan rasmiylashtiriladi, ularda kafolatlar (kafilliklar) berishning asosiy shartlari, jumladan, vositachilik haqi summasi ham ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.

Kafolatlar berish hukumatlararo va xalqaro kelishuvlar bo‘yicha investitsiya loyihalari bilan bog‘liq bo‘lgan hollar bundan mustasno.

To'la ma'lumot