MENYU ру home

+998 (71) 150-89-56

18-01-2019
Olish Sotish MB kursi
USD 8360 8430 8356.18
EUR 8400 9600 9582.03
GBR 9400 10800 10730.17

Bank missiyasi

Ipoteka-Bank missiyasi — o‘z aksiyadorlari va bank mijozlari uchun eng yuqori darajadagi iqtisodiy qadriyatlarni yaratishdan iborat. Mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yuqori sifati va tanlangan bozorlardagi yetakchilik, kelajakdagi bank muvaffaqiyati uchun birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.

Bankning korporativ qadriyatlari — jamoaviy ruh, yangicha fikrlash, ijobiy munosabat, ajoyib sifat — bank missiyasini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi.

Mijozlarga keng ko‘lamdagi bank xizmatlarini taqdim etgan holda, bank mamlakat iqtisodiini ko‘tarish va rivojlantirish uchun asoslar va sharoitlarni yaratishga ko‘maklashishga intiladi.

O’z mijozlariga xizmatlarni taqdim etishda Ipoteka-Bank professionalizmning yuqori standartlariga muvofiq bo‘lish, yangiliklarni qo‘llash, yangi g‘oyalarga ochiqlik, fikrlardan foydalanish hamda qat’iy va izchil faoliyatni amalga oshirishga sodiqdir.

Bankning mijozlari bilan o‘zaro munosabatlari uzoq muddatli va mustahkam bo‘lishi uchun Ipoteka-Bank bundan keyin ham sifatli xizmatlar ko‘rsatishni davom ettirish niyatida.